👩🏫 O'qituvchi: viktorina ochish
1Mavzu
Avval fanni, keyin bitta yoki bir nechta mavzuni tanlang — savollar shu mavzular generatoridan, har safar yangi chiqadi.
🏫 Sinf bo'yicha — shu sinf dasturidagi hamma fanlar ulanadi
Sinfni tanlang: matematika, ona tili, ingliz va rus tili, fizika, kimyo, biologiya, tarix, geografiya, informatika, tarbiya… — shu sinfga mos barcha mavzular birdan tanlanadi, savollar fanlar bo'yicha teng aralashadi va osondan qiyinga tartiblanadi.
2Savollar
Savollar qanday olinsinMasalan: matematika viktorinasiga 20% mantiqiy savollar qo'shiladi — har 5 savoldan biri mantiq.
🧃 Juice — boshqa fanlardan «sharbat»3O'quvchilar
Guruh ro'yxatini ulasangiz, o'quvchi telefonda ismini ro'yxatdan tanlaydi va xohlasa nik (taxallus) yozadi — ekranda nik, natijada esa to'liq ismi chiqadi.
4Sozlamalar
📖 Qanday o'ynaladi
- O'qituvchi fan va mavzuni tanlab xona ochadi — ekranda 5 harfli kod (faqat katta lotin harflari, masalan KVNMT) va QR kod chiqadi. O'quvchilar kuvonch.uz/live sahifasida shu kodni yozib kiradi. Kompyuterni proyektorga yoki aqlli doskaga ulang.
- QR kodni bosing — u butun ekranga kattalashadi, orqa partadagilar ham skanerlay oladi. O'yin davomida yuqoridagi «Kod 🔍» tugmasi ham katta QR ni ochadi — kech qolganlar kiraveradi.
- O'quvchilar telefonda shu sahifani ochib (yoki QR kodni skanerlab) kodni yozadi va ismini kiritadi — guruh ro'yxati ulangan bo'lsa, ismini ro'yxatdan tanlab, xohlasa nik yozadi. Ismlar ekranda paydo bo'ladi.
- Guruh ro'yxati: «Davomat saytidan yuklash» (davomat saytidagi login va parol bilan) yoki «Ro'yxatni o'zim qo'yaman» — matn, Excel, CSV yoki TXT fayl. Ro'yxat shu qurilmada saqlanib qoladi.
- Savol katta ekranda chiqadi, o'quvchilar telefondagi rangli tugmani (▲ ◆ ● ■) bosadi.
- To'g'ri va tez javob — 500 dan 1000 gacha ochko, ketma-ket to'g'ri javoblar uchun qo'shimcha bonus.
- Har savoldan keyin to'g'ri javob, yechim qadamlari va qaysi variantni nechta o'quvchi tanlagani ko'rsatiladi; o'quvchi telefonida o'z natijasi va xato bo'lsa — yechimi chiqadi.
- Oxirida shohsupa, to'liq reyting, savollar tahlili va natijalarni yuklab olish (Excel uchun CSV).
- 📜 Sertifikat: har bir o'quvchi telefonida o'z sertifikatini ko'radi va PDF qilib yuklab oladi (o'rni, to'g'ri javoblari, aniqligi bilan). O'qituvchi «Hammaga sertifikat (PDF)» tugmasi bilan butun sinfnikini bitta faylda oladi — oq-qora, oddiy printerda chop etsa bo'ladi.
- ⚡ Tok o'chsa ham davom etadi. O'qituvchi kompyuteri o'chib qolsa — qayta yoqib, viktorina sahifasini ochsangiz «▶ Davom ettirish» chiqadi: xona o'sha kod bilan ochiladi, telefonlar o'zi qaytadi, ochkolar saqlanadi.
- 📡 Faqat jonli efir. O'quvchi telefonida faqat hozir ekranda turgan savol chiqadi — keyingi savollar va ularning javoblari telefonga oldindan yuborilmaydi, to'g'ri javob ham faqat shu savol yakunlanganda ko'rinadi. O'quvchi testni oldinroq yechib, tugatib qo'ya olmaydi. Viktorinadan chiqib ketsa, telefoni o'chib-yonsa yoki internet uzilsa — sahifani qayta ochishi bilan o'zi qaytadi va sinf bilan birga o'sha paytdagi savoldan davom etadi.
- 🏁 Testni yakunlash tugmasi (savol, natija va reyting ekranlarida, yuqorida 🏁 yoki E tugmasi) testni istalgan paytda tugatadi — natijalar, reyting va sertifikatlar shu paytgacha berilgan savollar bo'yicha chiqadi. Testni faqat o'qituvchi yakunlaydi.
- 🧩 Savol turlari: variantli, ✅ to'g'ri/noto'g'ri, ✍️ javobni o'quvchi o'zi yozadi (son yoki so'z — avtomatik tekshiriladi), 🔗 moslashtirish (1–4 ni A–D bilan juftlash), 📈 grafikli (formula bo'yicha yoki generatorning grafik mavzulari) va 🖼 rasmli savollar. Ro'yxatdagi savol yonidagi ➕ — shunga o'xshash yangi savol.
- 📝 Telefonsiz o'quvchilar: telefoni yo'q o'quvchini qo'shasiz va javobini savol paytida ekranda belgilaysiz (yoki M tugmasi) — ochko va baho hammaniki kabi.
- ⏳ Test davomiyligi: sozlamada belgilasangiz, vaqt tugashi bilan test o'zi yakunlanadi; yuqoridagi ⏳ tugmasi bilan vaqt qo'shasiz. Oxirida har bir o'quvchiga baho (2–5), sinf bo'yicha o'rtacha natija va baholar taqsimoti chiqadi.
- 👦/👧 O'quvchi qo'shilishda o'g'il yoki qiz bola ekanini belgilaydi — Kuvi unga mos mehrli so'zlar va pand-nasihat bilan murojaat qiladi.
- ✏️ Testni tahrirlash (kutish xonasida, o'yin davomida yuqoridagi ✏️ yoki T tugmasi): o'z savolingizni yozing yoki ko'p savolni birdan qo'ying, qo'shimcha fanlar ulushini oshiring, generator bilan yana savol qo'shing, savolni tahrirlang, almashtiring yoki o'chiring — o'quvchilar xonadan chiqmaydi. Berilgan savollar o'zgarmaydi. Testni 💾 saqlab, keyingi darsda «📂 Saqlangan testlarim»dan qayta ochib, yana tahrirlash mumkin.
- Kira olmayotgan o'quvchi bo'lsa: telefon internetini (Wi-Fi yoki mobil) almashtirib ko'rsin — sahifa endi uchta server orqali ulanadi va eski telefonlar uchun alohida moslashgan; ulanmasa o'zi yana bir marta urinadi.
- 🔢 Savollar soni: tayyor variantlardan tanlang yoki ✍️ o'zingiz yozing (1–300). 📚 Har mavzudan N ta rejimida har bir tanlangan mavzudan alohida son chiqadi — hammasiga bir xil (masalan, 3 tadan) yoki har mavzuga o'zi (−/+). Kutish xonasidagi ✏️ tahrirlashda ham «har bir mavzudan N tadan» qo'shish mumkin.
- 🎁 Sirli quti: har 5-savoldan keyin shu savolni to'g'ri topganlardan eng tezkori va 1–2 omadli o'quvchi quti ochadi: 💰 +200, 💎 +300, ⚡ keyingi savolda ×2, 🛡 qalqon (xatoda ham 🔥 seriya saqlanadi), 🦊 liderdan 200 ochko o'g'irlash, 🎉 hammaga +100, 👑 afsonaviy +500 va ×2 — lekin 10% ehtimol bilan 💣 bomba (−200). Qutilar ekranda silkinib ochiladi, natija telefonda ham chiqadi. Sozlamada o'chirish mumkin.
- 🦉 Zakovat: bilimdonlar savollari — fan va texnika, tarix va madaniyat, til va topishmoqlar, «Qora quti: qutida nima bor?» va matematik zakovat. Har javobdan keyin «💡 izoh», o'ylash uchun ikki baravar vaqt.
- 🧃 Juice: matematika (yoki boshqa fan) tanlansa, har 10 savoldan 2 tasi — 4- va 8-savol — boshqa 2 xil fandan chiqadi (fizika, tarix, ingliz tili…), navbat bilan, test qisqa bo'lsa ham kamida 1 ta. Qaysi fanlar qo'shilishini o'zingiz belgilaysiz yoki o'chirib qo'yasiz. Savol ekranida «🧃 Juice» belgisi turadi.
- Savollar har doim osondan qiyinga tartiblanadi: avval daraja, keyin shu daraja ichida sonlar va amallar soni bo'yicha.
- 🧊 3D rejim: savol kartasi va rangli tugmalar 3D ko'rinishda chiqadi, to'g'ri javob oldinga chiqadi, reyting va shohsupa ham 3D. Yuqoridagi 🧊 tugmasi bilan yoqib-o'chiriladi.
- 🏫 Sinf bo'yicha: sinfni (1–11-sinf yoki texnikum) tanlasangiz, shu sinf dasturidagi hamma fanlar mavzulari birdan ulanadi — savollar fanlar bo'yicha teng aralashadi (matematika, ona tili, ingliz va rus tiliga ko'proq), xohlasangiz 🤖 Kuvi AI shu sinf darsliklari darajasida qo'shimcha savollar tuzib, test orasiga qo'shadi.
- 🤖 Kuvi tushuntirsin: to'g'ri javob chiqqanda tugmani (yoki K) bossangiz, Kuvi savolni butun sinfga sodda tushuntiradi — ekranda, ovoz bilan va o'quvchilar telefonida.
- Avtomatik rejim: vaqt tugashi (yoki hamma javob berishi) bilan to'g'ri javob chiqadi, bir necha soniyadan keyin reyting, so'ng keyingi savol o'zi boshlanadi. ⏸️ Pauza tugmasi bilan to'xtatib, ▶ Davom bilan davom ettirasiz.
- Klaviatura: Space / Enter / → — keyingi bosqich, S — vaqtni to'xtatib javobni ko'rsatish, P — pauza / davom, F — to'liq ekran.