🃏 Telefonsiz test

Kuvonch kartalar

O'quvchi qog'oz kartani aylantirib javobini ko'rsatadi, siz esa telefon kamerasi bilan butun sinfni bir necha soniyada skanerlaysiz. O'quvchilarga telefon kerak emas.

1 Kartalarni chop eting

40 ta karta, har biri alohida A4 varaqda, oq-qora. Karta raqami — o'quvchining guruh jurnalidagi tartib raqami. Ortgan kartalar zaxira bo'ladi.

A tepada — A javob. B tepada — B javob. C va D ham shunday.
Kartani chetidan ushlab, qora kvadratni to'smasdan, o'qituvchiga qaratib ko'taradi.
Fikrini o'zgartirsa — boshqa harfga burib qayta ko'taradi. Oxirgisi hisoblanadi.
Chop etishda masshtab 100% bo'lsin («Fit to page» emas).

2 Guruhni ulang

3 O'quvchi akkountlari

Guruh ulanganda har bir o'quvchiga kuvonch.uz akkounti o'zi ochiladi. Login — ism + tartib raqami + guruh raqamlari (masalan, Saidalo10126), parol — guruh raqamlari + 2026 (masalan, 01262026). O'quvchi parolini o'zgartirsa ham bu asl parol bilan kirish ishlayveradi, yangi paroli esa shu yerda saqlanadi. Ismida «o'g'li» bo'lsa — o'g'il, «qizi» bo'lsa — qiz bola deb yoziladi. Test tugagach ball va natija o'quvchi akkountiga o'zi qo'shiladi.

4 Zaxira kartalar

O'quvchi kartasini yo'qotsa yoki karta yirtilsa, unga ortgan kartalardan birini bering va shu yerda biriktiring — ball o'sha o'quvchiga yoziladi. Skaner biriktirilmagan kartani ko'rsa, o'zi so'raydi.

5 Savollar

Avval o'ylash vaqti: o'quvchilar masalani yechadi (erta ko'targanlar ham yoziladi, lekin natija ochilmaydi). Vaqt tugagach — «Kartalarni ko'taring!» va skanerlash: sanoq har bir o'quvchining kartasi ko'ringanda qaytadan boshlanadi: oxirgi yangi kartadan keyin 3 soniya ichida hech kim qo'shilmasa yoki guruhdagi hamma javob bersa — natija o'zi chiqadi. Bitta karta ~0,3 soniyada taniladi.

6 Boshlash